Oliygohga

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 13.09.2026

Bu sayt Davlat test markazining rasmiy resursi emas. Biz davlat organi nomidan ish ko’rmaymiz, uning topshirig’i bilan ishlamaymiz va u bilan hech qanday rasmiy aloqamiz yo’q. Sayt — mustaqil tayyorgarlik vositasi.

Sayt nima qiladi

Sayt DTM majburiy fanlaridan test yechish va natijani mavzular bo’yicha tahlil qilish imkonini beradi. Sayt imtihondan o’tishni yoki biror ballni kafolatlamaydi — natija sizning tayyorgarligingizga bog’liq.

Savollar qayerdan olinadi

Savollar Davlat test markazi tomonidan ochiq e’lon qilingan namunaviy test to’plamlaridan olingan. Har savolda uning manbasi va yili saqlanadi.

Boshqa mualliflarning sotiladigan to’plamlaridan foydalanmaymiz. Agar biror savol sizning huquqingizni buzayotgan bo’lsa, bizga xabar bering — tekshirib, kerak bo’lsa olib tashlaymiz.

Javoblar va izohlar sayt tomonidan tayyorlangan — ular rasmiy javob kaliti emas. Xato topsangiz yozing.

Hisob

Saytdan foydalanish uchun Google hisobi orqali kirasiz. Hisobingiz xavfsizligi uchun siz javobgarsiz. Bir hisobni bir necha kishi bilan bo’lishish taqiqlanadi.

Qoidalarni buzgan hisob to’xtatilishi mumkin: savollarni ommaga tarqatish, saytni avtomatik vositalar bilan yuklash, boshqa foydalanuvchilarga zarar yetkazish.

Bepul va Premium

Bepul rejimda kuniga 20 ta savol yechish mumkin. Hisob har kuni yangilanadi.

Premium obuna cheklovni olib tashlaydi. Obuna muddati to’lov tasdiqlangan kundan boshlanadi va belgilangan muddat tugagach avtomatik to’xtaydi — o’zidan o’zi uzaytirilmaydi.

Obuna faollashtirilgandan keyin pul qaytarilmaydi. Texnik sabab bilan saytdan foydalana olmasangiz — bizga yozing, holatni ko’rib chiqamiz.

O’quv markazlar

Ro’yxatdan o’tishda o’quv markazni tanlashingiz mumkin. Markaz bir marta tanlanadi va keyin o’zgartirilmaydi. Markaz tanlash obuna narxiga ta’sir qilmaydi.

Saytdagi kontent

Saytdagi izohlar, tahlil va interfeys ZeroUp’ga tegishli. Ularni ruxsatsiz nusxalash va tarqatish mumkin emas.

O’zgarishlar

Shartlar o’zgarishi mumkin. Jiddiy o’zgarish bo’lsa saytda xabar beramiz. O’zgarishdan keyin saytdan foydalanishda davom etsangiz, yangi shartlarga rozilik bildirgan hisoblanasiz.

Bog’lanish